Qanday hollarda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanmasligi aniq belgilandi

  • 13 noyabr 2019, 12:41
  • 715
  • Jamiyat
  • Qanday hollarda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanmasligi aniq belgilandi
    MIB, ichki ishlar va chegara qo‘shinlarining idoralararo hamkorlik tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

    “Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

    Unga ko‘ra, qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda qo‘llaniladi.

    Quyidagi hollarda qarzdorning chetga chiqishi cheklanmaydi:
    - qarz miqdori BHMning 5 baravaridan (1 115 000 so‘mdan) oshmasa (avval bu miqdor 446 000 ni tashkil etgan), aliment yoki boshqa davriy to‘lovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno;
    - sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qo‘yilgan bo‘lsa;
    - qarzdor yuridik shaxs bo‘lganda.

    Qarzdorning chetga chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida undiruvchi (uning vakili) ariza bilan MIBga murojaat etishi mumkin.
    Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha qaror chiqariladi yoki ariza rad etiladi.

    Cheklov qo‘yilganligi va olib tashlanganligi haqidagi ma’lumot idoralararo hamkorlik tizimi orqali ichki ishlar organlari va Chegara qo‘shinlariga yuboriladi.

    Qarzdorning chetga chiqishi vaqtincha cheklanganligi yoki olib tashlanganligi haqida unga yozma (elektron pochta) va telefon (mobil aloqa) orqali SMS yuboriladi.

    Quyidagi hollarda cheklov to‘xtatib turiladi va qarzdorning chetga chiqishiga ruxsat beriladi:
    - O‘zbekistondan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan hollarda;
    - O‘zbekistondan chiqib ketuvchi delegatsiya tarkibiga kiritilganda.

    Chegara hududlarda chetga chiqishi vaqtincha cheklangan qarzdor aniqlanganda, unga bu haqda to‘liq ma’lumot beriladi va mib.uz sayti orqali ma’lumot olishi mumkinligi tushuntiriladi.
    Teglar: sud qarzdor qaror

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qanday hollarda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanmasligi aniq belgilandi