15:53 / 13.11.2019
2 680

Bojxonachilar yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi

Bojxonachilar yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi
Yangi yil yaqinlashgani sari bayram shukuhi bilan birga barchamiz uchun yoqimsiz holatlarni keltirib chiqaruvchi – pirotexnika vositalari ham ko‘payib qoladi. To‘satdan bo‘ladigan qasir-qusur yosh bola tugul katta yoshdagi odamni ham esankiratib qo‘yadi. Ana shunday yoqimsiz paqildoqlarga qarshi bojxonachilar tizimli ravishda kurash olib bormoqdalar.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. boshqaruvidagi avtomashina kuzatuvga olindi va avtoulov belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 78,5 million so‘mni tashkil qiluvchi 67 290 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi