«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi

  • 13 noyabr 2019, 11:52
  • 1 983
  • Jamiyat
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi
    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

    Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma’qullangan.

    O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746–XII-sonli Qonuni 10-moddasining (Prokuratura organlarining tizimi) ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

    “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi”.

    Ushbu moddaning ikkinchi qismi shu paytgacha quyidagi tahrirda edi:
    “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi”.

    18-2-modda (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy bo‘linmalari) chiqarib tashlandi.

    46-modda quyidagi tahrirda bayon etildi:
    “46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi

    O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi tuziladi.

    Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hay’atining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlaydi”.

    50-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
    “Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa davomiyligi o‘n besh kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi”.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi