17:24 / 14.11.2019
8 913

Eng qimmatbaho unashtiruv uzuklari haqida...

Eng qimmatbaho unashtiruv uzuklari haqida...
Bugungi kunda to‘y sanoati dunyo bo‘ylab ancha rivojlanmoqda. Tabiiyki, bunday visol oqshomlari nikoh uzugisiz o‘tmaydi. Ular ham to‘y oqshomining asosiy bezagi hisoblanadi. Dunyodagi eng qimmatbaho unashtiruv uzuklari qancha turishini va ular kimga tegishli ekanligini bilasizmi? Ayni shu maqolamiz orqali sizga havola qilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarimiz bir-biridan ajoyib unashtiruv uzuklari haqidadir. Quyida qimmatbaho uzuk sohibalari va bu ajoyib uzuklarning qiymati haqida ma’lumot beriladi:

1. Mariah Kerey uzugi - bu uzuk o‘z sohibasiga sobiq yigiti avstraliyalik biznesmen Jeyms Paker nomidan sovg‘a qilingan bo‘lib uning bugungi kundagi qiymati 10 million dollarga teng. Zumrad ko‘zli uzukning ko‘zi 35 karatli olmosdan yasalgan bo‘lib, tanasi esa platinadan ishlangan.

2. Bvlgarining ko‘k olmos ko‘zli uzugi - Bvlgari tomonidan yaratilgan ko‘k olmos ko‘zli uzuk 9,5 million dollarga baholangan. Uzuk ko‘zidagi ko‘k olmos 5,4 karat bo‘lib, bu nodir namuna o‘z davrida juda ham qimmatbaho deb baholangan. Uzuk yaratilgan davrda u Graflik olmoslari qatoridan joy olgan.

3. Elizabet Teylor uzugi - navbatdagi o‘rinni band etgan uzugimiz esa 8,8 million dollarga teng bo‘lib, u hamon eng noyob sevgi timsollaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu qimmatbaho zargarlik namunasi Richard Burton tomonidan platina va 33 karatli Asscher olmosidan foydalanib yasalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng qimmatbaho unashtiruv uzuklari haqida...