17:54 / 13.11.2019
4 005

Farg‘onada fuqaro va chegarachilar o‘rtasidagi mojaro

Farg‘onada fuqaro va chegarachilar o‘rtasidagi mojaro
2019 yil 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda videolavha tarqaldi, unda chegarachilar Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani Hosilot chegaraoldi aholi punktida bir necha fuqaroga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani tasvirlangan.

DXX Chegara qo‘shinlari bayonotiga ko‘ra, 10 noyabr kuni soat taxminan 17:00lar atrofida Farg‘ona tumanining Hosilot chegaraoldi aholi punktida, videolavhada ko‘rsatilgan ko‘prik yonida chegara naryadi xizmat olib borgan. Uning vazifalari orasida chegaraoldi hududida, yuqoridagi holatda esa, ko‘rsatilgan hududda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini tekshirish bo‘lgan.

Shu vaqtda fuqarolar U.S. va A.F. ushbu hududda «Neksiya-2» rusumli avtomobilda harakatlangan. Ular naryadning to‘xtash haqidagi buyrug‘i talablariga e’tibor bermay, chegaraoldi naryadiga qarab harakatlanish manyovridan foydalangan holda, yuqori tezlikda yashiringanlar.

Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, ushbu fuqarolar ortga qaytib, chegarachilar yonida to‘xtashgan va mojaro keltirib chiqarishga urinishgan, chegara naryadini haqorat qilishgan hamda to‘plangan mahalliy aholini harbiy xizmatchilarning qonuniy talablariga e’tibor bermaslikka chaqirishgan. Shu tariqa, ular O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 196-1-moddasi (Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaslik va ularning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etishdi.

Shundan so‘ng, fuqarolar U.S. va A.F. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi qonunning 43-moddasi va «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunning 44-moddasi talablariga muvofiq jismoniy kuch ishlatgan holda qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek avtoulovni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar yo‘q bo‘lgan.
Natijada, ular belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organlariga topshirildi.

Qayd etilishicha, fuqaro U.S. bundan oldin bir necha bor davlat chegarasi rejimini buzganligi va u orqali turli xil tovar-moddiy buyumlarini noqonuniy ravishda olib o‘tgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy prokuratura xodimlari bilan birgalikda ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi olib bormoqda.
Bildirilishicha, chegara naryadi va fuqarolarning harakatlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada fuqaro va chegarachilar o‘rtasidagi mojaro