19:47 / 13.11.2019
2 560

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi muhokama qilinmoqda

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi muhokama qilinmoqda
Bugun, 13 noyabr kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Odam savdosiga qarshi kurashishda sudlarning o‘rni» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Tadbirda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) odam savdosi bilan kurash bo‘yicha maxsus vakili Valiant Richi, Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi sudyasi Oleg Zatelepin ishtirok etdi.

Shuningdek, xalqaro konferensiyada Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Vengriya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Kipr, Qirg‘iziston, Tojikiston, Latviya, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, Ukraina, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyadan xalqaro ekspertlar ham qatnashdilar.

Tadbirni ochib berish uchun so‘z O‘zbekiston Senati raisi, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash milliy komissiyasi rahbari Tanzila Norboyevaga berildi.

«Bugungi tadbirdan odam savdosi muammosi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. 2019-2020 yillarda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat organlari samaradorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi. Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha qilinayotgan ishlarni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida media reja tasdiqlandi. Xalqaro mehnat tashkiloti, AQSh Davlat departamenti, Sotton Campaign, Human Rights Watch xalqaro tashkilotlarining maslahatlarini inobatga olgan holda, odam savdosi va majburiy mehnat sohasida O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilashga qaratilgan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik normasini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi va hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, xalqaro tajribani hisobga olgan holda «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qonun loyihasi ham Oliy Majlis palatalariga kiritish uchun tayyorlanmoqda. Senatning dekabrdagi yalpi majlisi muhokamasiga mana shu qonun loyihalarini kiritish rejalashtirilgan», – deydi Norboyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi muhokama qilinmoqda