16:12 / 14.11.2019
2 700

Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi
Hukumatning 2019-yil 13-noyabrdagi qarori bilan Asadjon Ozodbekovich Xoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi etib tayinlandi.

Asadjon Xoʻjayev 2011-2012-yillarda Intellektual mulk agentligi, 2012-2017-yillarda - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.

U 2017-yil martidan avgustgacha prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati rahbari boʻlib ishladi. Keyinchalik Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

A. Xoʻjayev 2018-yil avgust oyidan beri Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib oʻtamiz, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi