21:15 / 14.11.2019
3 549

“LUKOYL” rasmiy bayonot berdi, ammo hech kimdan kechirim so‘ramadi...

“LUKOYL” rasmiy bayonot berdi, ammo hech kimdan kechirim so‘ramadi...
“LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY”​ MChJ matbuot xizmati 29.10.2019 yil sanasida Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Jarquduq“ majmuasida ro‘y bergan voqea yuzasidan internetda tarqalgan videolavha yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bayonnomaga ko‘ra, “Jarquduq” majmuasida mahalliy elektro montyorlar tomonidan texnik qoidalarga rioya qilinmagani sabab, jiddiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Ushbu xatolik tufayli butun bir jamoani hayotiga xavf solishi va qimmatli uskunani nosoz ahvolga keltirishi mumkin bo‘lgan. Mazkur nosoz holat bosh energetik I.A.Shilov tomonidan aniqlangan va uskuna sozlangunga qadar ish to‘xtatib turilgan. Ushbu xodisa oqibatida I.A.Shilov mahalliy jamoa vakillariga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgan. So‘ng, I.A.Shilov “LUKOYL” MChJ (Moskva) tomonidan kasbiy etika bo‘yicha majlisga chaqirilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, voqea hodisa aybdorlariga tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi bayonotda.

Jumladan unda “Internet tarmog‘iga joylashtirilgan joriy yilning 29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “Jarquduq“ gaz tayyorlash majmuasida ro‘y bergan holat aks etgan videomaterial bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari olib borilib, 110 ming volt yuqori kuchlanishli “Jarquduq“ podstansiyasida elektro montyorlar brigadasi tomonidan olib borilayotgan ishlar chog‘ida uchastka boshlig‘i rahbarligida brigadaning o‘limi, qimmatbaho uskuna va butun ob’ektning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnika xavfsizligi talablari qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi. Bu bosh energetik I.A. Shilov tomonidan aniqlanib, shundan so‘ng podstansiyadagi ishlar tasdiqlangan qoidalarga muvofiq holatga keltirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.

Yo‘riqnomaga amal qilmaslik oqibatida o‘z qo‘l ostidagi ishchilarining hayotiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan fojiali oqibatlarni anglagan holda I.A. Shilov ahloq-odob me’yorlaridan chetga chiqib, mahalliy va xizmat safaridagi ishchilar sha’niga qo‘pol so‘zlarni aytgan. Hozirgi vaqtda kompaniyada ichki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan I.A. Shilov “LUKOYL” OAJ (Moskva)ning Ishbilarmonlik etikasi bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishiga chaqirtirilgan. Tekshiruv natijalari bo‘yicha mazkur holatning barcha ishtirokchilariga nisbatan aybdorlik darajasini hisobga olgan holda va korporativ talablarga muvofiq ma’muriy jarima choralari qo‘llaniladi. Ishchi-xodimlar va aholi xavfsizligi, sog‘ligini ta’minlash bo‘yicha jamiyat oldidagi mas’uliyat darajasini anglagan holda LUKOYL o‘z ish faoliyatida sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi yuqori standartlarga amal qiladi, belgilangan qoidalarga rioya qilinishi ustidan jiddiy nazorat o‘rnatgan. Zero, insonlar LUKOYLning bebaho qadriyatidir.“

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “LUKOYL” rasmiy bayonot berdi, ammo hech kimdan kechirim so‘ramadi...