Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sunatilla Bekenov Yaponiya fuqaro aviatsiyasi byurosi direktori o‘rinbosari boshchiligidagi “Sumitomo korporeyshn” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakat fuqaro aviatsiyasini isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan so‘nggi qarorlar, yangiliklar, xususan turizm va sayyohlik borasidagi islohotlar natijasida sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
“Bu uchrashuv O‘zbekiston prezidentining yaqinda kunchiqar mamlakatga rejalashtirilayotgan oliy darajadagi tashriflari oldidan muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi agentlik direktori S.Bekenov.
Uchrashuvda dunyo tajribasida o‘zini oqlagan usul sifatida aeroportlar faoliyatini samarali boshqarishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportini konsessiya usulida boshqarish loyihasi bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Termiz aeroportlarida ushbu mexanizm asosida boshqarishga qiziqish borligi e’tirof etildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston aeroportlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga yaponiyalik ekspertlarni jalb etish masalasi muhokama qilindi.
Xalqaro aeroportlar reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi Yaponiyaning Narita, Fukoka, Senday, Kansay va Xokkaydo aeroportlari, ulardagi boshqaruv tizimi, foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida fikr mulohazalar bildirildi.
Yaponiya delegatsiyasi rahbari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, aviatsiya sohasidagi investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi