11:48 / 15.11.2019
4 319

Nima uchun itlar ayollardan ko‘ra ko‘proq erkaklarga tashlanadi?

Nima uchun itlar ayollardan ko‘ra ko‘proq erkaklarga tashlanadi?
Foto: depositphotos.com
Aksariyat kishilarning fikricha, itlar ko‘proq ulardan qo‘rqadigan insonlarga tashlanishadi. Biroq, olimlarning aniqlashicha, bu masalada odamning jinsi ham muhim rol o‘ynaydi. Nahotki, badjahl it o‘ljasini chindan ham jinsiga qarab tanlasa? «Rambler» buning tagiga yetishga urinib ko‘rdi.

Itlar ayollardan ko‘ra ko‘proq erkaklarga hujum qilishini isbotlash uchun oddiy statistikaga murojaat qilishning o‘zi kifoya qiladi. Liverpullik olimlar to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, odamzodning to‘rtoyoqli do‘stlari go‘zal jins vakillaridan ko‘ra kuchli jins vakillariga ikki baravar ko‘proq hujum qilishar ekan.

Qizig‘i shundaki, ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, itlar ko‘pincha o‘smir yigitlarga tashlanishadi. AQShlik ekspertlarning aniqlashicha, amerikalik yigitlarning yarmi 12 yoshgacha hech bo‘lmasa bir marta yovuz it hujumiga duchor bo‘lishadi. Xavf guruhiga asosan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiradi, degan fikrni niderlandiyalik olimlar ham qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Hatto ana shu xulosalarga qaramay, aksariyat mutaxassislar bir fikrda yakdil — itlar aksariyat hollarda emotsional nobarqaror odamlarga hujum qiladi. Professor Karri Vestgart boshchiligidagi olimlar jamoasi odamlardan o‘zlarining emotsional holatini hamda necha marta itlarning tajovuziga duchor bo‘lganligini gapirib berishini so‘rashdi. Ma’lum bo‘lishicha, odamning xavotiri qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p hayvonlarning qurboniga aylanadi. Xotirjam odam odatda itlarni «qiziqtirmaydi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nima uchun itlar ayollardan ko‘ra ko‘proq erkaklarga tashlanadi?