Kollaj: «Xabar.uz»
Telegramdagi kanallarning birida «Hujjatsiz tan olinmaydigan hujjat» sarlavhasi ostida Markaziy saylov komissiyasining beydjiklari yuzasidan tanqidiy post qoldirildi.
Keltirilgan holat mashhur so‘z ustalarining «spravka»ning «spravka» ekanini tasdiqlovchi «spravka» talab qilinishi haqidagi mashhur hangomasini eslatib yuboradi.
Foto: «Platforma.uz»
«Bugun ayrim jurnalist va blogerlar saylov kampaniyasini yoritish uchun Markaziy saylov komissiyasidan akkreditatsiyadan o‘tganliklarini tasdiqlovchi beydjiklarni qo‘llariga olishdi.
Bu hujjat muhim siyosiy tadbirni yoritishda OAV vakillariga katta imkoniyat beradi. Biroq, o‘ta jiddiy deb qaralayotgan jarayonning «tashrif qog‘ozi»da odamni hayron qoldiradigan shunday jumla bor: «Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilganida haqiqiy hisoblanadi».
Bu nimani anglatadi? Uzoq yillar qon-qonimizga singdirilgan «siyosiy hushyorlik»dan, byurokratiyadan hali-hanuz voz kecha olmaganimiznimi? G‘alati-da. Bu beydjik bo‘lsa, uni olish uchun ham bir qancha hujjat taqdim qilingan bo‘lsa... Shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz esa u tan olinmasa, unda akkreditatsiya nega kerak?», deyiladi izohda.
Darhaqiqat, nahotki shunday muhim kampaniyada hali ham eski uslublarga tayanib yurgan bo‘lsak? Jurnalist va blogerlar, umuman, akkreditatsiyadan o‘tgan istalgan kishi hali ham shu beydjikning o‘zi bilan faoliyatini olib bora olmasa? Saylov komissiyadagilar bu beydjiklarni qalbakilashtirish mumkin, degan vajni keltirishlari mumkin, lekin uni tayyorlashda bugungi kunda keng tarqalgan QR-kodli qilib chiqarish mumkin ediku! Shunda shubha tug‘ilganida beydjikni oddiy smartfon orqali osongina tekshirib ko‘rish mumkin bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi