12:38 / 15.11.2019
3 808

Qamchiq dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi (foto)

Qamchiq dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi (foto)
Bugun, 15 noyabr kuni tongida “Qamchiq” dovonining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 227 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketgan. Bu haqida FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Keltirilishicha, “Beshqo‘l” navbatchilik maskani guruh komandiri M.Boychayev boshchiligidagi qutqaruv guruhi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borishgan.

Aniqlanishicha, Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan M.N. boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ag‘darilib ketgan. Birinchi navbatda qutqaruvchilar tomonidan haydovchiga psixologik yordam ko‘rsatildi. So‘ngra ag‘darilgan yuk mashinasi handaqdan chiqarilib, evakuator yordamida belgilangan manzilga jo‘natib yuborildi.

Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar aniqlanmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi (foto)