Hayvonlar tanasidagi og'riqlarni qanday izhor qilishadi?

  • 17 noyabr 2019, 07:00
  • 1 089
  • Jamiyat
  • Hayvonlar tanasidagi og'riqlarni qanday izhor qilishadi?
    Olloh bizni inson qilib yaratdi va bizga ong hadya etdi. Inson sifatida o‘zimizdagi his-tuyg‘ularni ongli ravishda idrok eta olamiz. Agarda biron joyimiz og‘risa, nutqimiz orqali uni boshqalarga yetkazishimiz mumkin. Og‘riqning qanchalik kuchli bo‘lishi u sizga qay darajada ta’sir etishiga bog‘liq yoki uni qanday qabul qilishingiz bilan o‘lchanadi. Biroq boshqa jonzotlarchi? Ular qay tarzda jonini og‘ritayotgan azobni boshqalarga bildiradi? Itlarni olsak, ular uvillashi yoki chinqirishi mumkin. Hayvonlarning o‘z og‘rig‘ini izhor qilish usullarini bilib qo‘ysak, zarar qilmagan bo‘lardi.

    Ko‘pgina hayvonlarda og‘riq belgilari insonlarnikiga o‘xshab ketadi, ya’ni boshqalar bilan muloqot qilmaslik, ovqatlanishdan tiyilish, har xil tovushlar chiqarish va yurak urish tezligining oshishi va hokazolar. Shunga qaramay, biz insonlar bu og‘riq hissining hayvonlarda ham aynan bir xil kechyaptimi yoki yo‘qmi aniq bilmaymiz. Boshqa uy hayvonlari quyon, mushuk, toshbaqa yoki ot haqida nima deyish mumkin? Misol uchun suyagingiz sinib qolsa, siz uni gips qildirasiz va ongli ravishda bir necha oydan so‘ng tuzalib ketishingizni bilasiz. Hayvonlarning bu og‘riqlar vaqtincha ekanini tushunmasligi ularda og‘riq kuchli bo‘lishidan darak beradi.

    Bugungi kunda ko‘pgina olimlar hayvonlardagi og‘riqlar qay darajada kuchli ekanligini o‘lchovchi turli usullarni o‘ylab topishgan. Masalan, itlardagi kuchli og‘riqni o‘lchash uchun oddiy vosita bo‘lgan Glasgow Composite Pain Scale (og‘riqni kuchini o‘lchash uchun qo‘llanma) 2007 yilda birinchi marta nashr etilgan va oltita tilga tarjima qilingan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Hayvonlar tanasidagi og'riqlarni qanday izhor qilishadi?