10:43 / 16.11.2019
2 207

Elmira Bositxonova: «Ajralishlarning oldini olmasak, oilaviy qadriyatlarimizni yo‘qotib qo‘yamiz»

Elmira Bositxonova: «Ajralishlarning oldini olmasak, oilaviy qadriyatlarimizni yo‘qotib qo‘yamiz»
15 noyabr kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlarining kelgusi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlashtirib olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita raisi Elmira Bositxonova o‘z nutqida boshlang‘ich tashkilotlarni qo‘mitaning ildiziga qiyoslab, ularning faoliyatidagi qator kamchiliklarni hamda ularni bartaraf etishda nimalarga ko‘proq ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari, oilaviy munosabatlar, ajralishlar holati haqida shaxsiy fikr-mulohazalarini bayon etdi.

«Ajralish – oddiy hujjat bilan bo‘ladigan narsa. Qaror chiqqach, ajraladi. Ammo hamma muammo ajralgandan so‘ng boshlanadi. Buni har kuni 80 nafargacha qabulimga kelayotgan ayollar misolida ko‘ryapman. Ularning 45-50 foizi ajrashganlar bo‘lib chiqyapti. Bola, boylik, yer talashish, bir-birini urish holatlarining kuzatilayotgan achinarlidir.

Oilaviy qadriyatlarni asrashimiz zarur. Xorijlik ekspertlar ham oila va keksalarga munosabatimizga havas qilishadi. Agar ajralishlarning oldini olmasak, biz buni yo‘qotib qo‘yamiz. Hammamiz tomoshabin bo‘lib turibmiz, jumladan men ham. Jamiyat o‘zi to‘g‘rilab oladi, deb o‘ylayapmiz. Jamiyat bizmiz, biz to‘g‘rilamasak, hech narsa o‘zidan o‘zi to‘g‘rilanmaydi», – degan Bositxona.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elmira Bositxonova: «Ajralishlarning oldini olmasak, oilaviy qadriyatlarimizni yo‘qotib qo‘yamiz»