12:48 / 16.11.2019
4 515

O‘zbekistonlik migrantlar asosan qaysi mamlakatlarda ishlamoqda?

O‘zbekistonlik migrantlar asosan qaysi mamlakatlarda ishlamoqda?
Bugungi kunda 2 million 600 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘zga davlatlarda mehnat qilmoqda.

Xalqaro press klubning "Press-qahva" debatlari dasturining ishsizlik va mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan anjumanida aytilishicha, ularning 80 foizi, ya’ni 2 million 200 nafari Rossiyada, 350 ming nafari Qozog‘istonda, 80 ming nafari Janubiy Koreya Respublikasida, 60 ming nafari Turkiya va boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘pchilik Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mazkur statistikasi real hayotdagi raqamlardan farq qilishini aytadi. Vazirlik vakili raqamlar o‘rtasidagi farq katta emasligini ma’lum qilgan. Mutasaddisi ma’lumotiga ko‘ra, xorijdan o‘tgan yili mehnat migrantlar O‘zbekistonga 5 milliarddan ortiq valyuta yuborgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiy nofaol aholi 205 ming nafarga kamaygan. Ishsizlik 9 foizdan 8 foizga tushgan. Ya’ni ayni hisobotlarda, mamlakatimizdagi ishsizlar soni 1 million 300 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 32 ming nafari kasbga o‘rgatish kurslariga jalb etilgan. 50 ming nafar aholiga ishsizlik nafaqasi beriladi. Ayni damda 304 ming 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Ishsizlik eng yuqori bo‘lgan hududlar bu Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik migrantlar asosan qaysi mamlakatlarda ishlamoqda?