16:23 / 16.11.2019
2 724

Toshkentda qarovsiz qoldirilgan telefon o‘g‘irlandi (video)

Toshkentda qarovsiz qoldirilgan telefon o‘g‘irlandi (video)
Kadr: Telegram
Toshkent shahar IIBB Telegram kanallarida tarqalgan telefon o‘g‘irligiga doir video yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Telegram’dagi «Exo Uzbekistana» kanalida binoga kirgan yigit stol ustidagi mobil telefonni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
VIDEO
Ta’kidlanishicha, 14 noyabr kuni soat 21:45 da Yunusobod tuman navbatchilik qismiga 35 yoshli Shuhrat ismli erkak murojaat qilib, Samsung Galaxy S10+ telefoni o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Yunusobod tuman IIJ FMB xodimlari videokameradagi yozuvlarni o‘rgangan holda gumonlanuvchining shaxsini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, telefonni o‘g‘irlagan shaxs bunga qadar ham sudlangan 21 yoshli Ahmadjon ismli yigit bo‘lib chiqqan. Ayni vaqtda uni qo‘lga olish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qarovsiz qoldirilgan telefon o‘g‘irlandi (video)