22:09 / 16.11.2019
5 069

Farg‘ona hokimi yana jamoatchilik e’tibori markazida! Bu safar nima bo‘ldi?

Farg‘ona hokimi yana jamoatchilik e’tibori markazida! Bu safar nima bo‘ldi?
Qisqa tanaffusdan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev yana jamoatchilik e’tibori markaziga qaytgan ko‘rinadi.

Ijtimoiy tarmoqda ovoz uniki ekani iddao qilinayotgan shaxsning audiosi tarqalgani aytilmoqda. Unda amaldor va tadbirkor o‘rtasidagi qisqa suhbat, qandaydir loyihani rad etilishi va (tadbirkorning) zaldan haydab yuborilishi, shuningdek, «o‘rtoq polkovnik»ka uning soqoli va sochini yaxshilab qirdirish buyurilganini ilg‘ash mumkin deb yozadi "Xabar" nashri.

Amaldor: «Sherzod» fermer xo‘jaligi…. Ipotekabank. Soqolini qaranglar! Taniysizmi, bu kishini? Fermer xo‘jaligining boshlig‘imisiz?»
Tadbirkor: «Ish yurituvchisiman. Xo‘jayin Toshkentda edi.»
Amaldor: «Iltimos qilsa, kelaverdingizmi o‘rniga?»
Tadbirkor: «Yo‘q, yo‘q, yo‘q.»
Amaldor: «O‘chir bu loyihani! Tushuntirishingga ham, boshqanggayam, xo‘jayinggayam salom aytib qo‘y. Bor, zaldan chiq, bor.» So‘ng: «O‘rtoq Qobulov, soqoliniyam, sochiniyam yaltillatib, qirdirib oling. Qarang, soqolini ham, sochini ham anaqa qiling. Xo‘pmi, davay, bo‘ling!»

Farg‘ona viloyati hokimi matbuot kotibi Muhammadjon Obidov ovoz egasi Sh. G‘aniyev ekanini inkor etmabdi. Biroq holatni tahqir emas, shunchaki «tanbeh» sifatida talqin qiladi. Ajab, go‘zal iltifot-u shirin lutfsiz gapirilmaydigan Farg‘onada tadbirkorning bu tarzda yig‘ilishdan haydab solinishi shunchaki «tanbeh» bo‘lsa, «tahqir» qanday bo‘larkin?!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona hokimi yana jamoatchilik e’tibori markazida! Bu safar nima bo‘ldi?