14:20 / 17.11.2019
2 737

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi: shahar hokimi insoniylikka toʻgʻri kelmaydigan soʻzlarni gapirgan

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi: shahar hokimi insoniylikka toʻgʻri kelmaydigan soʻzlarni gapirgan
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning jurnalistlarni yoʻq qilish tahdidi aks etgan audioyozuv boʻyicha munosabat bildirdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

“Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga tegishli audio va matnli axborot keng tarqaldi. Agar unga ishoniladigan boʻlsa, shahar hokimi soʻz erkinligi va jurnalistlar shaʼniga nisbatan, nafaqat egallab turgan lavozimiga, balki umuman insoniylikka toʻgʻri kelmaydigan soʻzlarni bildirgan.

Jurnalistlarimiz Uyushma tomonidan “Telegramm” kanalida ochilgan “Oʻzbekiston Jurnalistlari guruhi” sahifasida ham ijtimoiy tarmoqlarda J. Ortiqxoʻjayevga tegishli ana shu audio va matnli axborot paydo boʻlgan paytdan boshlab bunday munosabat madaniyatsizlik ekani haqidagi oʻz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Qoʻshimcha qilib shuni alohida taʼkidlaymizki, Jurnalistlar uyushmasi tegishli huquq-tartibot idoralari ushbu holat yuzasidan oʻzlarining adolatli xulosalarini bildirishlari zarur, deb hisoblaydi. Inson shaʼni, jumladan jurnalist shaʼni va haq-huquqi himoyasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan va uning har qanday buzilishlari qonuniy baholanishi lozim”, deyiladi Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bayonotida.

16-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning jurnalistlarni yoʻq qilish tahdidi aks etgan audioyozuvi tarqaldi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi birinchilardan boʻlib ushbu audioyozuvga munosabat bildirdi va bu holatni inson huquqlari va uning shaʼni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilishi deb hisoblab, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasidan ushbu holat yuzasidan himoyaviy chora koʻrilishini .

Xalq demokratik partiyasi esa Jahongir Ortiqxoʻjayevning jurnalistlarga tahdidini xalq va davlatga hurmatsizlik deb [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly96YW1pbi51ei9qYW1peWF0LzYyNTg3LWhkcC1qYWhvbmdpci1vcnRpcWh1amFldm5pbmctdGFycWFnYW4tYXVkaW9zaWdhLW11bm9zYWJhdC1iaWxkaXJkaS5odG1s]baholadi
.

Keyinroq AOKA audioyozuv boʻyicha oʻrganish olib borilayotgani hamda oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrilishini

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jurnalistlar ijodiy uyushmasi: shahar hokimi insoniylikka toʻgʻri kelmaydigan soʻzlarni gapirgan