13:52 / 17.11.2019
2 841

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari jurnalistlarga tahdid haqidagi audioyozuv haqqoniyligiga shubha bildirdi

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari jurnalistlarga tahdid haqidagi audioyozuv haqqoniyligiga shubha bildirdi
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov feysbukdagi sahifasida kun mavzusi yuzasidan munosabat bildirib, audioyozuv haqiqiyligi isbotlanmaguncha ushbu vaziyatga izoh berish notoʻgʻriligini aytib oʻtdi.

«Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev ovozi bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan audioyozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagunicha ushbu masalada fikr bildirishni toʻgʻri deb hisoblamaymiz.
Mavzu boʻyicha birinchi boʻlib izoh yoki bayonot berish Jahongir Ortiqxoʻjayev va xabarning muallifiga tegishlidir.

Shu oʻrinda jamiyat axborot isteʼmol madaniyatining piramida shaklidagi uchta darajasi haqida aytib oʻtmoqchiman:
Birinchi, eng quyi va eng koʻp qatlam - axborotni eshitadi va shundayligicha isteʼmol qiladi;
Ikkinchi, oʻrta-oʻzgaruvchan, kamayishga moyil qatlam - axborotni eshitadi, oʻzini darajasida tahlil qiladi, munosabat bildirmaydi;
Uchinchi, eng kam, jamiyatni siyosiy tafakkurini koʻrsatadigan qatlam - axborotni eshitadi, tekshirib-tahlil qiladi va munosabat bildiradi.

Jamiyatning mafkuraviy va siyosiy immunitet darajasi uchinchi qatlamning darajasiga tengdir», — deb yozadi Alisher Qodirov oʻz sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari jurnalistlarga tahdid haqidagi audioyozuv haqqoniyligiga shubha bildirdi