Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga nisbatan haqoratlarga to‘la tahdidi audiosi tarqalib, jamoatchilik tomonidan keng muhokama etlayotgan bir paytda uning matbuot kotibi Dilfuza Rasulova Feysbuk tarmog‘idagi sahifasida rahbarini himoya qilib chiqdi.
Rasulova xonim muhokamalarni kuzatar ekan: «Kando zamon keldi uzi?» deya hayratini yashirmaydi, so‘ng: «Suz erkinligi, OAV/blogerlarga e’tibor berilib, ularga yul ochilishi shunga olib kelishi keremidi?» deydi. Davom etadiki: «Kup gap - eshakka yuk» degan gap bor. Shaxar xokimi xam kuruk gapdan ishni afzal kuradi. Buni man kilinayetgan ishlarni, ularni amalga oshirish yulida chekilayetgan mashakkatlarni xar kuni kurayetgan odam sifatida yezyapman».
D. Rasulovaning bayonidan ovoz egasi haqiqatda shahar hokimi ekanini ilg‘ash mumkin: «Kim uzini beayb deya oladi? Kim, kaysi birimiz uzaro yakinlarimiz doirasida yoki ish jarayonida, yoki jazavamiz tutganda xar xil gapla gapirmimiz?».
Bundan tashqari xodima audioni tarqatgan shaxsni «nomard» va «ablah» deb ataydi: «Kayedigi nomard ablax pismayib turib yozib olgan audio yozuvni bosh-ketini surushtirmasdan, izox olmasdan, uni «tarkatuvchi»sini topmasdan turib uzini saytida chikarib yuboradigan muxbir-u jurnalistlarni nima deb atasa buladi???»
Bayon nihoyasida esa shahar hokimiga quyidagicha hamdardlik bildiradi: «Jaxongir Obidovich, sizga Yaratgandan sabr tilab kolaman va Prezidentimizniyam bunaka provokatsiyalar bilan xech bir galamis ifloslar chalgitolmasligiga ishonaman!!»
Dilfuza Rasulovaning bayonlariga sharh yoki munosabat bildirishdan tiyilamiz. Faqat matndan olgan iqtiboslar tahrirsiz berilganini ta’kidlaymiz, xolos.
Eslatib o‘tamiz, sanoqli daqiqalar avval Bosh prokuratura «Ortiqxo‘jayev nutqi» bo‘yicha holat o‘rganilayotgani, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi haqida bayonot berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!