23:55 / 17.11.2019
6 592

Shoir Bobur Bobomurod uysiz shoir Mirzo Karim haqida gapirdi (video)

Shoir Bobur Bobomurod uysiz shoir Mirzo Karim haqida gapirdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Bobur Bobomurod suhbat davomida yuzlab xonandalarning xit qo‘shiqlari muallifi Mirzo Karim, uning o‘n yillardan buyon ijara uylarda yashab yurganiga munosabat bildirdi.

Shoir yomon odam bo‘lishi mumkinmi?! Agarda yomon odam bo‘lsa, qalbi chirkin bo‘lsa, qalbi qora odam bo‘lsa, yaxshi narsalar yoza olmaydi. Yozganlari qo‘shiq ham bo‘lmaydi. Shuning uchun inson sifatida Mirzo Karim juda yaxshi odam. Jang ko‘rgan inson. Juda hurmat qilaman. Biz Buxoroda edik, ular vodiyda edi. Biz bu yoqda, ular u yoqdan gurkirab she’rlarimiz qo‘shiq bo‘layotgan edi. Lekin, menimcha men vaqtliroq poytaxtga keldim deb o‘ylayman. Keyin bu yerda faoliyatimizni davom ettirdik. G‘oyibona bir-birimizga hurmatimiz bor edi. Holbuki raqobatday bo‘lsa ham, lekin, bizda sog‘lom raqobat edi. Bir-birimizga havas qilib ijodlarimiz rivojlangan.

Mening hayotim, turmush-tarzim bilan qiziqmagan, men ham uning hayoti bilan qiziqmaganman. Chunki, biz ijod tomonlama qiziqqanmiz. Hozir ham menda shunday tamoyil bor, ya’ni birovning hayoti, turmushi bilan qiziqmayman. Chunki u birovning davlati, birovning chegarasi, men unga o‘tolmayman. O‘zi ruxsat bermasa, o‘zi chorlamasa, o‘zi dardini ochmasa... Lekin Mirzo akani tanishlardan eshitardim. Bu yerdagi ijarada turgan hovlisida ham mehmon bo‘lganmiz. Oldimizga kelib ketadigan shogirdlaridan Mirzo akani ahvolini so‘rab turamiz. Shu orqali bilib yurardik. Shuning uchun inson sifatida, o‘zbekning bir shoiri sifatida kamtar inson.

Chunki, bitta she’ri qo‘shiq qilib, olamni buzganlarni ham bilaman. Lekin, shuncha she’ri qo‘shiq bo‘lib, odamlarni e’tiboriga tushib ham, Mirzo Karim kimligini bilmay yurganlar ham ko‘p. Ko‘pchilik shoirlarni ichida eng tozalardan biri, o‘ylaymanki Mirko Karim bo‘lsa kerak. Sodda, o‘zimizning jaydari yigit, balki, uning aybi ham shundadir. Balki, shaharga kelib olifta bo‘lib, o‘qishlarda o‘qib, Oliy adabiyot kurslariga harakat qilib yoki Prezident akademiyalariga harakat qilib amalga, kursiga talpinganida boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Lekin men unda bunday narsalarni hech sezmaganman, samimiylik bor.

She’riyatni baholash bizga emas. Chunki, she’riyatni muxlislari — ko‘ngillar. Ko‘ngillar o‘sha she’riyatni tusayotgan bo‘lsa, o‘sha she’riyatdan qoniqayotgan bo‘lsa, bu baxt. Chunki, bu bog‘ shunaqa bog‘, unda bulbulga ham joy bor, zag‘chaga ham joy bor, unda tovus va boshqa qushlarga ham joy bor.

She’riyatini men baholay olmayman, chunki men o‘zim hech kim emasman. Birovning she’riyatini baholash menga emas. Mana hozir 50 yoshdan oshdi, sochiga oq tushdi, uning qiynalganlarini men ko‘rganman. Rahmatli Muhriddin akaning ofislarida yotganlarini, ofisni boshqarib yurganlarini ko‘rganman. Boshqa san’atkorlarni ofislarini boshqarganlarini ko‘rganman. Bu odam hech qachon yomon ish qilmagan. Aytmoqchimanki, beg‘araz, samimiy inson.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shoir Bobur Bobomurod uysiz shoir Mirzo Karim haqida gapirdi (video)