Joriy yilning 15 noyabrida O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev tashabbusi bilan Tatariston Respublikasining mahalliy ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklari ishtirokida 2019 yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengash deputatlariga saylovga bag‘ishlangan press-konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Bosh konsul F.Nasriyev 2019 yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan Parlament saylovlarida ishtirok etish istagini bildirgan barcha fuqarolarimizdan saylov.mfa.uz sayti orkali elektron tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari yoki Bosh konsulxonaning 8-843-526-55-63; 8-843-526-55-64 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlari haqida ma’lumotlarni taqdim qilishlari orqali saylovda ishtirok etish mumkinligi hamda aynan saylovda ishtirok etish istagini oldindan bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning murojaatlariga binoan saylov byulletenlari buyurtma qilinishi haqida tushuntirish berib o‘tdi.
22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda nafaqat Tatariston Respublikasida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, balki Privoljsk federal okrugida (RF 14 ta hududi) istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarimizni ushbu siyosiy jarayonda faol ishtirok etib, davlatimiz kelajagini belgilashda va munosib nomzodga ovoz berish uchun bevosita qatnashish imkoniyatidan foydalanishga chorladi.
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasida tashkil etilgan 52 – saylov uchastkasi 22 dekabr kuni soat 08:00 dan tungi soat 20:00 ga qadar o‘rnatilgan tartibda saylovchilarni qabul qilishi ma’lumot sifatida e’lon qilindi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi