15:30 / 18.11.2019
2 585

AOKA jamoatchilikni Kun.uz va Ortiqxoʻjayev mavzusini boʻrttirmaslikka chaqirdi

AOKA jamoatchilikni Kun.uz va Ortiqxoʻjayev mavzusini boʻrttirmaslikka chaqirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev bilan bogʻliq vaziyat oʻz yechimini topganini, buni ikki tomon ham tasdiqlab turganini maʼlum qildi.

"Mazkur nizoning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va blogerlar tomonidan faol tarzda muhokama qilinishi, bunga Bosh prokuratura, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Adliya vazirligi va siyosiy partiyalarning tezkor munosabat bildirishi mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining kuchi tobora ortayotgani, jamiyatda demokartik oʻsishning shakllanayotgani, OAVning bosqichma-bosqich “toʻrtinchi hokimiyat”ga aylanayotgani, respublikamizning ochiqlik sari dadil odimlayotganidan dalolat beradi.

Vaziyatni yanada chigallashtirishga yoʻl qoʻymaslik uchun, shuningdek, Kun.uz tahririyati iltimosini inobatga olgan holda, Agentlik blogerlar va jurnalistlarni shahar hokimining ushbu nashr jamoasi bilan uchrashuvi natijalarini hisobga olishga va bundan keyin bu mavzuni boʻrttirmaslikka chaqiradi.

Ishonamizki, tegishli davlat idoralari tomonidan ushbu masalani oʻrganish ishlari oxiriga yetkaziladi va unga toʻlaqonli huquqiy baho beriladi", deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AOKA jamoatchilikni Kun.uz va Ortiqxoʻjayev mavzusini boʻrttirmaslikka chaqirdi