14:10 / 18.11.2019
2 909

100 ming dollarni yashirincha olib chiqishga boʻlgan urinish fosh etildi

100 ming dollarni yashirincha olib chiqishga boʻlgan urinish fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati
Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralaridan yashirincha olib oʻtishga boʻlgan urinishlar oʻz vaqtida bojxona organlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni yurtimizdan noqonuniy olib chiqishga boʻlgan urinishni fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

“Qoʻshkent” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatga oʻtish uchun kirib kelgan xorijiy fuqaro I.E. boshqaruvidagi “Opel Astra” avtoulovi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyada koʻrsatmasdan va bojxonachilarning ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilmasdan, avtomashinasida 100 500 AQSH dollarini yashirgan holda qoʻshni mamlakatga olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 100 ming dollarni yashirincha olib chiqishga boʻlgan urinish fosh etildi