20:56 / 18.11.2019
4 854

Farg‘onada erkak shar’iy nikohdagi ayoli bilan til biriktirib, sobiq xotinini cho‘ktirib o‘ldirdi (video)

Farg‘onada erkak shar’iy nikohdagi ayoli bilan til biriktirib, sobiq xotinini cho‘ktirib o‘ldirdi (video)
Bu voqeani eshitgan odam hayratdan yoqa ushlashi tabiiy hol. Farg‘onada er shar’iy nikohdagi xotini bilan kelishib, qonuniy nikohdagi rafiqasi va ikki farzandini katta Farg‘ona kanaliga tiriklayin uloqtirgan.

Uning bunday jinoyatni qilishiga 22 million so‘m aliment puli sabab bo‘lgan. Suvga uloqtirilgan ayolning sumkasidagi qo‘l telefonini olib, "er-xotin" uni to‘rt yuz ming so‘mga pullab yuborishgan. Erkakning oldida bo‘lgan shar’iy nikohdagi ayoli ham mazkur jinoyat haqida hech kimga lom-mim demagan. Yaqinda ularga sud hukmi o‘qilib, "er" 19 yilga, "xotini" esa 13 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada erkak shar’iy nikohdagi ayoli bilan til biriktirib, sobiq xotinini cho‘ktirib o‘ldirdi (video)