09:29 / 19.11.2019
2 969

Toshkentda 4ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 4ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Internet tarmog‘ida poytaxtdagi Gidrometmarkaz yaqinida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqaldi.

Toshkent IIBBning ma’lum qilishicha, 2019 yil 18 noyabr kuni soat 10:40da Osiyo va Chingiz Aytmatov ko‘chalari kesishmasida 29 yoshli D.K. boshqargan Spark rusumli avtomobil svetoforning taqiqlovchi ishorasiga to‘xtagan uch nafar mashinalarga to‘qnashgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Avtomobillardan biri, o‘z navbatida, oldida turgan Matiz’ga urilgan. YTH sababi: D.K.ning aytishicha, avtomobilining tormoz tizimi ishdan chiqqan. Hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmadi.

“Hurmatli haydovchilar! Transport vositangizning texnik holatiga e’tiborliroq bo‘ling. Ayniqsa ob-havo sovuqligida. Havoni sovib borishi bilan tormoz masofasi uzayib borishini unutmang. Yo‘llarda o‘zingizni ehtiyot qiling!” - deyiladi IIBB ma’lumotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 4ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi