O‘zbekistonlik aktrisa YTHda halok bo‘ldi

  • 19 noyabr 2019, 14:32
  • 6 520
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonlik aktrisa YTHda halok bo‘ldi
    Foto: Kino-teatr.ru
    «Opa-singillar» serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova 18 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchrab halok bo‘ldi.

    Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, «Aldangan ayol», «Go‘zallik siri», «Alpomish», «Gulxan atrofidagilar», «Sarvinoz» kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

    Aktrisa o‘zi tug‘ilib o‘sgan Navoiy viloyatida dafn etiladi.

    «Zamin.uz» tahririyati marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonlik aktrisa YTHda halok bo‘ldi