MIB yordami ko‘plab oilalarga madad bo‘lmoqda

  • 19 noyabr 2019, 16:38
  • 532
  • Jamiyat
  • MIB yordami ko‘plab oilalarga madad bo‘lmoqda
    S.Azimov Namangan tumanining “Mullakuding” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi.
    Hududga biriktirilgan davlat inspektorining kuni kecha ushbu xonadonga tashrifi oila a’zolarini ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Boisi, ushbu xonadoning foydalanilgan elektr energiyasidan 500 ming so‘m qarzdorligi to‘planib qolgan edi. Oila ro‘zg‘oridan orttirib ushbu qarzdorlikni to‘lashga qiynalishayotgan edi.

    Byuroning tuman bo‘limi tashabbusi bilan ushbu xonadonning qarzdorligi homiylik asosida to‘lab berildi.
    Darhaqiqat, MIB tashabbusi bilan tumanda amalga oshirilayotgan bunday saxovat tadbirlari kam ta’minlangan oilalarga madad bo‘lmoqda.
    Xususan, Oq yer mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Norqo‘ziyevlar xonadonining elektr energiyasidan bo‘lgan 400 ming so‘m qarzdorligi ham saxovatpesha xomiylar yordamida to‘lab berildi.

    - Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvatlash, ulardan doimo xabar olish, saxovat tadbirlarini ko‘rsatib borish ustuvor vazifalardan bir sanaladi, deydi Byuroning tuman bo‘limi boshlig‘i H.Qurbonov.

    Aynan shundan kelib chiqqan holda 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantirildi. Qarzdorliklari homiylar yordami bilan to‘lab berilmoqda. Shu kunga qadar 4 nafar fuqarolarning 1 mln 50 ming so‘m qarzdorliklari bartaraf etildi.
    Xayriya tadbirlari davom etmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » MIB yordami ko‘plab oilalarga madad bo‘lmoqda