Aliment pulini to‘lаmagan fuqaroga endi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

  • 19 noyabr 2019, 17:26
  • 630
  • Jamiyat
  • Aliment pulini to‘lаmagan fuqaroga endi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2014 yil 22 maydagi hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaro Ismoiljon Xojiakbarovdan undiruvchi Isaxanova Zaynab foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

    Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yuritiuvga olingan bo‘lib, qarzdor ota bir necha bor aliment mablag‘ini to‘lash bo‘yicha ogohlantirilgan. Biroq, buni to‘g‘ri tushunmagan I.Xojiakbarov qarzdorlikni vaqtida bartaraf etmaydi. Boz ustiga qarzdorlik 17.248.290 so‘mga borib yetadi. Ma’suliyatni suiste’mol qilgan otaga nisbatan 2019 yilning 19 iyun kuni Yangiqo‘rg‘on tuman ma’muriy sud tomonidan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Biroq, I.Xojiakbarov muqaddam ma’muriy javobgarlikga tortilgandan keyin ham o‘ziga xulosa qilmagan ko‘rinadi. Bo‘lmasa, qarzdorlikni bartaraf etardi.

    Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay fuqaro otalik ma’suliyatini unutib, turli bahonalar bilan to‘lovni yana paysalga solib keldi va Jinoyat kodeksining 122 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atishga sabab bo‘ldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Aliment pulini to‘lаmagan fuqaroga endi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi