17:01 / 20.11.2019
4 449

Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari katta miqdordagi tovlamachilikka qo‘l urdi

Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari katta miqdordagi tovlamachilikka qo‘l urdi
Toshkent arxitektura qurilish instituti talabasining biri Andijon viloyatidan, biri esa Farg‘ona viloyatidan bo‘lgani va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi b, v bandlari, 228-moddasi 2-qismi b bandi, 228-moddasi 3-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.

L.S. otasi A.Tojibayev tomonidan avtomashinani tekin foydalanish shartnomasi asosida fuqaro X.Turdiyevdan olgan davlat belgisi 60 D 786 JA bo‘lgan Orlando rusumli avtomashinani boshqarish huquqiga ega bo‘lmay turib, tanishi J.Mirzayev va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, noma’lum shaxs yordamida Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 1-son davlat notarial idorasi tomonidan mazkur avtomashinadan o‘zi, otasi A.Tojibayev va J.Mirzayevlar foydalanishga va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan holda boshqarishga vakolat beruvchi AI № 296876 QS raqamli ishonchnomani qalbakilashtirishga erishgan.

L.S. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi A.V. bilan fuqaro M.Maxmudovga nisbatan tovlamachilik jinoyatini sodir etib, uning mulkini qo‘lga kiritish maqsadida til biriktirib, jinoiy reja tuzadilar. Mazkur reja asosida, L.S. 94-...-70-44 telefon raqamidan M.Maxmudovning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unga o‘zini IIV Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Meliyev Baxtiyor deb tanishtirib, uning noqonuniy valyuta ayirboshlashdan iborat faoliyati yuzasidan ariza kelib tushganligini, agarda tez fursatlarda 10.000 AQSh dollari pullarini olib kelib bermasa, arizani rahbariyatga olib kirib berishini, qamalib ketishi mumkinligini aytadi.

Shuningdek, uni qo‘rqitib, o‘z mulkini berishga majbur bo‘ladigan sharoitga solib, bu yo‘lda 10.000 AQSh dollari pullarni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Izza mavzesida joylashgan avtobuslar shoh bekati oldiga olib kelib berishligini talab qilib, o‘zi ishdan chiqa olmasligini, uchrashuv joyiga pullarni olib qolish uchun odamini yuborishligini aytadi. Tovlamachilik qilgan ikki talabaning jinoyat ustida qo‘lga olingani aytilmoqda. Voqealarning rivoji esa hozircha bizga noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari katta miqdordagi tovlamachilikka qo‘l urdi