16:18 / 20.11.2019
2 337

Ohaq sexida 117 mln. so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Ohaq sexida 117 mln. so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan 2019 yil 05 sentyabr kuni Farg‘ona shahar, Guliston ko‘chasi, 2A-uyda joylashgan «ENERGY RESOURCES INVEST» MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida elektr energiyadan foydalanishning qonuniyligi tekshirilganda, jamiyat ta’sischisi Isakov Koxxor Komilovich ohak ishlab chiqarish sexidagi STG 80/400 rusumli zavod raqami 04231 bo‘lgan elektron gaz hisoblagichning gaz bosimini hisobga oluvchi bosim ko‘rsatkichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, real iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmini kamaytirib ko‘rsatilishiga erishgan holda gaz hisoblagichdan foydalanib kelayotganligi holati fosh qilingan.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi oqibatida davlat manfaatlariga 117 mln. 748,8 ming so‘m moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Huquqbuzar K.Isakovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 6-qismi talablari mazmun-mohiyati tushuntirilib, jinoyat aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat ichida moddiy zarar o‘rni to‘liq qoplangan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi ma’lum qilingach, u o‘z ixtiyori bilan bir oyda emas, balki o‘n besh kun ichida 117 mln. 748,8 ming so‘mni to‘liq to‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohaq sexida 117 mln. so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi