17:25 / 20.11.2019
2 747

Mahalladoshlar tomonidan elektr energiyasi uchun yig‘ilgan pullar o‘zlashtirib yuborildi

Mahalladoshlar tomonidan elektr energiyasi uchun yig‘ilgan pullar o‘zlashtirib yuborildi
Paxtachi tumanining “Chashma” mahallasidagi 14 ta xonadon egalari xo‘jalikda ishlatish maqsadida yer osti suvi chiqarish uchun quvvati 9,2 kVt/s bo‘lgan suv nasosi va unga tegishli tartibda hisoblagich o‘rnatib, ushbu nasos iste’mol qilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni yig‘ish va tuman elektr tarmoqlari korxonasi g‘aznasiga topshirib borish vazifasini mahalladoshlari A.X.ning zimmasiga yuklaganlar.

Lekin fuqaro A.X. mahalla fuqarolari tomonidan o‘ziga bildirilgan ishonchni suiste’mol qilib, tuman elektr tarmoqlari korxonasi sobiq xodimi Z.T. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mahalladoshlaridan suv nasosi iste’mol qilgan elektr energiyasi uchun 2018 yil may-sentyabr oylari va 2019 yil may-avgust oylari davomida yig‘ib olgan jami 8 mln. 200 ming so‘m pullarni tuman elektr tarmoqlari g‘aznasiga topshirmasdan, firibgarlik yo‘li bilan egallab olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlar.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan fuqarolar A.X. va Z.T.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasiga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalladoshlar tomonidan elektr energiyasi uchun yig‘ilgan pullar o‘zlashtirib yuborildi