O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti aktrisa Gavhar Sharipovaning o‘limi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 2019 yil 18 noyabrga o‘tar kechasi soat 02:20 larda 29 yoshli F.Sh. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli (yuk tashuvchi) avtomashinasi bilan «Samarqand-G‘uzor» yo‘nalishidagi A-378 yo‘lning Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Yarg‘unchi mahallasi hududidan o‘tgan 140 km.ga kelgan vaqtida, yo‘lovchi sifatida ketayotgan Sharipova Gavhar Hasanovna bilan o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning natijasida G.Sharipova avtomashina eshigini ochib tushib qolmoqchi bo‘lganligini ko‘ra turib, F.Sh. tezlikni pasaytirmasdan harakatlanishda davom etgan. Buning oqibatida G.Sharipova transport vositasidan tushib ketib turli darajada tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhuma G.Sharipovaning o‘limiga sababchi bo‘lgan yo‘l-transport hodisasiga xos og‘ir tan jarohati olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
Ayrim manbalarda hodisa avtomobil haydovchisi aktrisaga shilqimlik qilgani oqibatida yuz berganligi ma’lum qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi