Andijonda «Xan» elektromobili sinovdan o‘tkazilmoqda

  • 21 noyabr 2019, 16:53
  • 1 182
  • Jamiyat
  • Andijonda «Xan» elektromobili sinovdan o‘tkazilmoqda
    Andijon ko‘chalarida ichki ishlar organlari faoliyati uchun mo‘ljallangan «Xan» elektrokari sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi
    Uning og‘irligi 400 kilogrammga yaqin bo‘lib, soatiga 45 kilometr tezlikkacha harakatlanishi mumkin, qo‘shimcha 120–150 kilometr yo‘l bosa oladi va oddiy rozetka orqali quvvat oladi.

    Ushbu ekologik toza, shovqinsiz va ixcham transport vositasi osoyishtalik posbonlarining turistik zonadagi xizmat faoliyatida hamda odamlar gavjum joylarda patrullik qilishida qo‘l keladi. Mitti mashinaning akkumulyatorlari yukxonada joylashgan. Elektromobil modulli tuzilgan bo‘lib, yo‘lovchilar o‘rni sonini o‘zgartirish imkoniga ega. Bir maromda, ravon yura olishi hamda yong‘in chiqish va portlash xavfi kamligi bilan ajralib turadi.

    Elektrokar atmosferaga ishlangan gazlarni chiqarmagani sababli atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Uning tuzilishi qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish imkonini beradi.

    «Xan»ning sinov uchun ishlab chiqarilgan namunasi Xonobod shahridagi «Xonobod Kyu Bi Koin» MChJda yaratilgan. Sinov yakunlangach, bu kabi avtomobillarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ular nafaqat Andijon viloyatida, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham patrul-post xizmati naryadlari faoliyatiga joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

    Shuningdek, kelgusida korxona sexlarida turli vazifalarni bajaruvchi elektromobil, elektroskuter va mototsikllar ishlab chiqariladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Andijonda «Xan» elektromobili sinovdan o‘tkazilmoqda