Qalbaki pullar ishlab chiqargan Yoshlar ittifoqi yetakchisi qo‘lga olindi

  • 21 noyabr 2019, 17:57
  • 2 095
  • Jamiyat
  • Qalbaki pullar ishlab chiqargan Yoshlar ittifoqi yetakchisi qo‘lga olindi
    Foto: «O‘zA»
    Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Kasbi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan tezkor tadbir olib borildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

    Kasbi tumani Qo‘riq qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, Kasbi tuman hokimligida yoshlar ittifoqi yetakchisi bo‘lib ishlovchi, 1995 yilda tug‘ilgan B.A. Kasbi tumani «Mug‘lon» MFY hududidagi o‘zi ijaraga olgan tikuvchilik sexida, turli xil kupyuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 172 dona 50.000 so‘mlik kupyuradagi pullar, rangli printerdan to‘liq chiqarilmagan 84 dona 50.000 so‘mlik kupyuradagi pullar, «EPSON» rusumli rangli printer va «LENOVO» rusumli noutbuk tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

    B.A. dan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan AV0304117 seriya raqamli 172 dona 50.000 so‘mlik kupyura «Davlat belgilisi» korxonasida tayyorlanmaganligi va rangli purkagichli printer yordamida tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan 2019 yil 19 noyabr kuni B.A. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qalbaki pullar ishlab chiqargan Yoshlar ittifoqi yetakchisi qo‘lga olindi