22:13 / 21.11.2019
3 767

Tadbirkorlar uchun onlayn kredit olish imkoniyati yaratildi

Tadbirkorlar uchun onlayn kredit olish imkoniyati yaratildi
O‘zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorida birinchi bo‘lib, “Agrobank” ATB tomonidan “Onlayn kredit” xizmat turi taqdim etildi. Endilikda yuridik shaxslar bankka kelmasdan, qo‘lidagi gadjet orqali kredit olish imkoniyati ega bo‘lishdi.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan mazkur yangi bank xizmatining taqdimotida aytilishicha, “Onlayn kredit”dan “Agrobank mobile” mobil ilovasi hamda “Internet banking” tizimi orqali foydalanish mumkin.

— Onlayn kreditlar 24/7 rejimida taqdim etiladi, — deydi bank boshqaruvi raisi maslahatchisi Abdurahmon Sherov. — Uning yana bir qulayligi 50 million so‘mgacha bo‘lgan kredit ta’minotsiz berilishidir. Undan ko‘p mablag‘ uchun esa sug‘urta polisi talab etiladi. Buning uchun mijoz bank ofisiga kelishi shart emas.

Chindan ham, yangi xizmat turida hamma funksiyalar masofadan bajariladi. Mijoz shartnoma bilan elektron tanishib, uni tasdiqlasa bo‘ldi. Pul o‘sha zahoti uning hisobraqamiga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlar uchun onlayn kredit olish imkoniyati yaratildi