09:58 / 22.11.2019
5 340

Mirishkorda 2 erkak bir qizning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘ldi

Mirishkorda 2 erkak bir qizning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida bir qizni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga olib kelgan ikki erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kasbi tuman sudi vakili ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Mirishkor tumani «Yangi Jeynov» mahallasida yashovchi Shuhrat G. o‘zining Jeynov shaharchasi markazida joylashgan go‘zallik salonini Munira J.ga oyiga 300 ming so‘m evaziga ijaraga bergan.

2019 yil 1 aprel kuni Munira J.ning qizi Shahnoza R. IIB xodimi Zafar R. bilan go‘zallik salonida quchoqlashib turganida Shuhrat G. ikki qizi va kuyovi hamda jiyani Sobir T. bilan kirib kelgan. Shuhrat G. jiyani Sobir T.ga ularni telefonda videoga olishni aytgan. Shundan so‘ng Shuhrat G. qizdan Zafar R. uni zo‘rlagani haqida yolg‘on tilxat yozdirib olgan.

Shundan so‘ng ijarachi Shuhrat G. IIB xodimi Zafar R.ga «Otabek.T.ning mendan 10 million so‘m qarzi bor, o‘shani olib berasan», deb talab qo‘ygan. Shuhrat G. Shahnoza R.ga esa go‘zallik saloni ijarasi uchun oyiga 100 dollardan to‘lashi kerakligini, aks holda videoni tarqatib yuborishini aytib tahdid qilgan.

Video tarqalib ketishidan va shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lishidan qo‘rqqan Shahnoza R. 3 aprel kuni go‘zallik salonidagi temir panjaraga o‘zini osib qo‘ygan.

Qizni o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazishida aybdor deb topilgan Shuhrat G.ga besh yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Sobir T.ga esa shaxsiy hayot daxlsizligini buzgani uchun ikki yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Voqea yuzasidan keltirilgan ism va familiyalar o‘zgartirilgan, har qanday o‘xshashliklar tasodifiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirishkorda 2 erkak bir qizning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘ldi