11:55 / 22.11.2019
3 144

Sayyor qabulda muammolarga yechim topildi

Sayyor qabulda muammolarga yechim topildi
Toshkent viloyati aholisining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, fuqarolarning turmushini yanada yaxshilash maqsadida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan hududlarda muntazam sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday samimiy muloqotlardan biri Ohangaron tumani markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘li Ko‘ksaroy MFYning Ertoshsoy hamda Ko‘ksaroy qishloqlarida bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan muloqotda viloyat va tuman sektorlari mutasaddilari, boshqarma va tashkilot xodimlari, murojaatchi fuqarolar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Ta’kidlash kerakki, bu galgi sayyor qabul boshqalaridan farqli ravishda, 4-sektor rahbarining maktablarga tashrifi bilan boshlandi. Tashrif davomida Abdujalil Qurbonov o‘quv muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorligi, isitish tizimining sozligi hamda ko‘mir zaxiralarining mavjudligi bilan tanishdi. Shuningdek, maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, kelgusida o‘z tadbirkorlagini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga kerakli tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng, mutasaddilar mahalla markazida bo‘lib, aholi murojaatlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur qishloqlar tog‘li hududda joylashganligi bois aksariyat muammolar gaz ta’minoti va ko‘mir mahsulotlari bilan bog‘liqligi kuzatildi.

Bu masala bo‘yicha sektor rahbari tomonidan, tuman DSI, IIB va tuman gaz ta’minoti korxonasi rahbarlariga topshiriq berilib, shu kunning o‘zida 180 ta xonadonlarga 1 donadan gaz ballonlari hamda ko‘mir mahsuloti tarqatila boshlandi.

- Men Turg‘unoy Suyunova, Ko‘ksaroy qishlog‘ida yashayman. Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan bugungi sayyor qabuldan aholimiz nihoyatda mamnun bo‘ldi. Men ham yashab turgan uyimning ta’mirtalab ekanligini, uni remont qilishga mablag‘im yo‘qligini aytdim. Sektor rahbari buni ijobiy hal qilib berishga va’da berdi. Menga o‘xshagan ijtimoiy ta’minotga muhtoj bo‘lgan qishloqdoshlarimga oziq-ovqat mahsulotlari ham berildi. Bundan tashqari qish mavsumi oldidan ko‘mir va gaz ballonlari tarqatilganligi aholimiz uchun ayni muddao bo‘ldi.

Muxtasar aytganda, Ohangaron tumani Ko‘ksaroy mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Ko‘ksaroy va Ertoshsoy qishlog‘i hududida bo‘lib o‘tgan aholi bilan uyma-uy yurib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uy-joyini kadastr qilish, sim yog‘ochlarni almashtirish, ish bilan ta’minlash, yo‘llarni asfalt qilish borasidagi muammoli masalalarni o‘rganish va ularni belgilangan tartibda hal etish uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda 181tadan ortiq fuqarolar qatnashdi va ulardan jami 184ta muammoli masalalar bo‘yicha murojaatlar tushdi. Ushbu murojaatlardan 175 tasi joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 9 nafar fuqarolarning muammoli masalalari hal etilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayyor qabulda muammolarga yechim topildi