12:20 / 22.11.2019
2 752

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Foto: Aleksey Nikolskiy /TASS
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qiladilar hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishining borishini ko‘rib chiqadilar.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Turkmaniston prezidenti 29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi