22:52 / 22.11.2019
6 942

Uy bekalari uchun maxsus yasatilgan Yangi yil archasi

Uy bekalari uchun maxsus yasatilgan Yangi yil archasi
Yer yuziga uchqunlayotgan oppoq qor parchalarini ko‘rib, Yangi yil bayramiga juda oz fursat qolganini barchamiz his qilamiz. Bu sevimli bayram sarguzashtlarga to‘laligi bilan ham barchaga birdek yoqadi. Sarguzashtlar ichida bir-biridan ajoyib va kulguli voqea-hodisalar ham kuzatiladi. Shunday ajoyib voqealardan biri Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi Jessi Roberts bilan sodir bo‘lgan.

Jessi Instagram sahifalarida juda ham faol bo‘lgan onalardan biri hisoblanadi. O‘tgan yili Yangi yil archasini Jessi o‘zining uch nafar bolalari bilan birgalikda butunlay o‘zgacha uslubda bezatdi. Oila bayram oldidan ta’tilga ketishga tayyorgarlik ko‘rayotib, anchagina to‘planib qolgan kirlar uyumidan betakror Krismas archasini yasashdi.

«Ixtirochi» ona farzandlari bilan amalga oshirgan ushbu kulguli «loyihasi»ni esa darrov instagramdagi sahifasiga joyladi hamda minglab likelarni qabul qildi! Hattoki, ba’zilar ushbu archa yilning eng arzon va bezatish uchun qulay archasi ekanini ham e’tirof etishdi. Birozgina erinchoq bo‘lgan uy bekalarimiz uchun bu juda ham ajoyib tajriba bo‘lishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy bekalari uchun maxsus yasatilgan Yangi yil archasi