13:40 / 22.11.2019
2 987

“Jamiyat” gazetasi muxbiri oʻzini “Kun.uz”danman deb, bogʻcha mudirasini “chuv tushirdi”

“Jamiyat” gazetasi muxbiri oʻzini “Kun.uz”danman deb, bogʻcha mudirasini “chuv tushirdi”
“Jamiyat” gazetasi muxbiri, shuningdek, Samarqand viloyat gazetasi muharriri boʻlgan shaxs bogʻcha mudirasi bilan til biriktirib, jinoyatga qoʻl urdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari maʼlum qildi.

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik va pora berishga dalolat qilish jinoyati fosh etildi.

Xususan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi bogʻcha mudirasi T.E. “Kattaqoʻrgʻon haqiqati” gazetasi muharriri (“Jamiyat” gazetasining muxbiri) Sh.Q. bilan til biriktirib, tumandagi boshqa bir Maktabgacha taʼlim muassasasida moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmasligi va jinoyat ishi qoʻzgʻatilmasligini hal qilib berish evaziga MTM mudirasi D.B.dan 3 000 AQSH dollarini talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, tezkor tadbir jarayonida mazkur shaxslarning muqaddam sodir etgan yana bir jinoyati fosh etildi.

Aniqlanishicha, “Kattaqoʻrgʻon haqiqati” gazetasi muharriri Sh.Q. 22.08.2019-yilda viloyatdagi MTMga kelib, aslida “Kattaqoʻrgʻon haqiqati” gazetasi muharriri boʻlsada oʻzini goʻyoki “Kun.uz” internet sayti muxbiri deb tanishtirib, uni aldab va ishonchiga kirib, muassasada tekshirish oʻtkazish va kamchiliklarni aniqlab internetda chop etib, D.B.ni ishdan boʻshatish hamda jinoyat ishi qoʻzgʻatish bilan qoʻrqitib, bu ishni amalga oshirmasligi uchun jinoiy sherigi bogʻcha mudirasi T.E.ning telefon raqamini berib, unga uchrashishini aytgan.

Oʻz navbatida T.E. mudira D.B.ga “Kun.uz” saytining “muxbirlari” bilan bogʻliq ishi hal boʻlishi uchun 3 000 AQSH dollari berishi lozimligini aytib, undan 2900 AQSH dollari va tilla taqinchogʻini olgan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani bogʻcha mudirasi T.E. va “Kattaqoʻrgʻon haqiqati” gazetasi muharriri va “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasining viloyat muxbiri Sh.Q.larga nisbatan JKning 168-moddasi va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Jamiyat” gazetasi muxbiri oʻzini “Kun.uz”danman deb, bogʻcha mudirasini “chuv tushirdi”