21:26 / 22.11.2019
2 734

Prezident amaldorlar xalq va OAV bilan muloqotda kibrga berilmasligi shartligini ta’kidladi

Prezident amaldorlar xalq va OAV bilan muloqotda kibrga berilmasligi shartligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda amaldorlarga xalq va OAV bilan muloqotda kibrga berilmaslik kerakligini uqtirdi.

«Hokimlar eski bino va inshootlarni buzish hisobiga bo‘shagan joylarda uy qurish masalasiga alohida e’tibor berishi shartligi, kompensatsiya pullari to‘lanib, mulk egalari rozi bo‘lmaguncha birorta ko‘chmas mulk buzilishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlat idoralari rahbarlari nafaqat o‘zining, balki davlatning ham sha’nini saqlashga mas’ul ekani, xalq bilan, ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda kibrga berilmay, vazmin va oqilona, qonunga asoslangan qaror qabul qilishi shartligi ta’kidlandi», prezident matbuot xizmati xabarida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident amaldorlar xalq va OAV bilan muloqotda kibrga berilmasligi shartligini ta’kidladi