15:50 / 23.11.2019
4 113

Andijonda qariyb 58 ming dona pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi!

Andijonda qariyb 58 ming dona pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi!
Pirotexnika vositalarini yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bir “pirotexnika operatsiyasi” fosh etildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olindi hamda Bo‘z tumani hududida to‘xtatildi. Fuqaro T.I. tumanning A.Ikromov ko‘chasida shartli haridorga qiymati 10 million so‘mlik 57600 dona pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng avtomashina tegishli tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida jami bo‘lib umumiy qiymati 10 000 000 so‘mlik 2 turdagi 1000 qutiga yaqin nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

F.Karimov
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda qariyb 58 ming dona pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi!