17:33 / 23.11.2019
2 539

Parfyumeriya vositalarini noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinish naf bermadi

Parfyumeriya vositalarini noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinish naf bermadi
Sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlarini mamlakatimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Jumladan, “Daut-ata” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro F.Sh.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning yuklari orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 18,6 million so‘mlik 353 dona parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parfyumeriya vositalarini noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinish naf bermadi