19:57 / 25.11.2019
2 509

MIB Farg‘onada 126 nafar kam ta’minlanganlarga ko‘mak bergan

MIB Farg‘onada 126 nafar kam ta’minlanganlarga ko‘mak bergan
Joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda matbuot xizmati rahbarlari bilan 10 oylik faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, boshqarma tarkibiy tarmoqlari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda viloyat teleradiokompaniyasi, “Ruxsor” teleradiokanali, matbuot nashrlari, internet-saytlari vakillari, shuningdek, korxona, tashkilotlar matbuot xizmati mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Byuroning oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatda debitor qarzdorlikni qisqartirish va to‘lov intizomi samaradorligini oshirish borasida bir qator ishlar qilinmoqda. Xodimlarning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha zarur sharoitlar va moddiy texnik baza yaratilgan.
Xususan, 2019 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida boshqarma tomonidan energiya resurslari, suv iste’moli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida 1 trln. 577,4 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha 2019 yilning 10 oyi mobaynida undirilgan mablag‘larning viloyatlar kesimidagi ulushi bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, Farg‘ona viloyati respublika miqyosida Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan keyin 3-o‘rinda borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Yoki boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, respublika bo‘yicha undirilayotgan to‘lovlarning 10 foizdan ortig‘i Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, anjumanda aliment undiruvlari borasida ham sezilarli natijalarga erishilayotgani ham alohida ta’kidlandi.
Aytib o‘tish kerakki, aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor shaxslar bilan o‘tkazilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 2880 ta oilalar yarashtirildi.

Bundan tashqari, xodimlar tashabbusi bilan kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalarning kommunal to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorliklari homiylar tomonidan to‘lab berilishi ta’minlamoqda.
Bu borada olib borilgan ishlar natijasida 2019 yilning 10 oyi mobaynida 126 nafar yordamga muhtoj oilalarning 71,9 mln. so‘mlik qarzdorliklari homiylar tomonidan to‘lab berilganini ta’kidlab o‘tish mumkin.

Matbuot anjumani jarayonida OAV vakillari tomonidan berilgan va ularni qiziqtirgan savollarga MIB viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan javoblar va tushuntirishlar berildi.
Matbuot anjumani nihoyasida ishtirokchilarga Byuro xodimlarining faoliyati bilan shaxsan tanishishlariga imkon yaratib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Farg‘onada 126 nafar kam ta’minlanganlarga ko‘mak bergan