Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazir S.Umrzoqov va Isroilning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi E.Shapira oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida tomonlar investitsion va savdo-iqtisodiy sheriklikni faollashtirish uchun Isroil va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollarini koʻrib chiqib, ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati toʻgʻrisida fikr almashdilar.
Joriy yil davomida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Isroil tashqi ishlar vazirliklararo siyosiy maslahatlarning 5-raundi yakuni boʻyicha erishilgan muhim yutuqlar, Agrobiznes forumi va “V2V” formatidagi qator ishbilarmon uchrashuvlari taʼkidlab oʻtildi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotining qishloq xoʻjaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sogʻliqni saqlash va taʼlim kabi asosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqlariga Isroil tajribasi va texnologiyalarini faol jalb etish hamkorlikni rivojlantirishning ushbu bosqichida ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Uchrashuv ishtirokchilari muhandislik matematikasi va kompyuter texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida Toshkentda Xolon texnologiya institutini ochish istiqbollarini muhokama qildilar.
Savdoni rivojlantirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi - hozirgi vaqtda ikkala mamlakatda sanoatning rivojlanish darajasi savdo hajmini sezilarli darajada oshirish uchun yetarli, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Isroilning eksport va xalqaro hamkorlik instituti (IEICI) eksport faoliyatini rivojlantirishda tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyadilar.
Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Isroil hukumatlararo komissiyasining birinchi yigʻilishini oʻtkazish ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni tizimlashtirish va samaradorligini oshirish yoʻlidagi muhim qadam sifatida ilgari surildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi