10:45 / 29.11.2019
3 042

MIB fuqarolarga ijro harakatlari haqida elektron xabarnoma yuborish tizimini joriy etmoqda

MIB fuqarolarga ijro harakatlari haqida elektron xabarnoma yuborish tizimini joriy etmoqda
Joriy yilning 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida joriy yilning 12 mart kungi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4236-sonli Qarori mazmuni va unda nazarda tutilgan yangiliklar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Byuro direktori o‘rinbosari Sh.Xaydarov, Byuro markaziy apparati mas’ul xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari hamda rasmiy elektron nashr vakillari ishtirok etishdi.
Brifingda bu haqida Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunkatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi direktori Ilxom Xoldorov xabar berdi.

Xabaringiz bor, respublikamizdagi olis va chekka hududlardagi fuqarolarimiz sud qarorlari ijrosini bilish uchun tuman markaziga Majburiy ijro byurosining tegishli bo‘limi yoki davlat ijrochisining huzuriga borishiga to‘g‘ri kelardi.
Endilikda, avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoki mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida yo‘llanadi.

Bu jarayon eskicha tizimdan yangicha tamoyilga o‘tish imkonini beradi.
Bu qanday amalga oshiriladi:
- tomonlar aytaylik qarzdor yoki undiruvchi sudga borishganida, sud tomonidan tomonlarning mobil telefoni, elektron pochtasi haqida ma’lumotlarni olishadi va sud qarori yoki ajrimini Majburiy ijro byurosiga yuboradi.

O‘z navbatida, davlat ijrochilari ushbu mobil raqam va elektron pochta orqali tomonlar ishtirokidagi ijro hujjati tegishli bo‘limga kelib tushgani haqida (SMS) ko‘rinishida xabarnoma yo‘llaydi.
Xabarnomada, fuqarolar “mib.uz” sayti orqali ijro hujjatlari harakatlarini kuzatib borishi mumkin va qarzdorlikni to‘lashi uchun xizmatlar joriy etiladi.

Bu ijro ishining shaffofligi, qarzdorlarning to‘lovni amalga oshirish, masofadan turib ijro hujjatining ahvoli va davlat ijrochisining harakatlarini kuzatib borishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB fuqarolarga ijro harakatlari haqida elektron xabarnoma yuborish tizimini joriy etmoqda