12:06 / 30.11.2019
3 893

Ertadan O‘zbekistonga «Turkmanenergo» elektr yetkazib beradi. Endi uzilishlar bo‘lmaydimi?

Ertadan O‘zbekistonga «Turkmanenergo» elektr yetkazib beradi. Endi uzilishlar bo‘lmaydimi?
Energetika vazirligi tizimiga kiruvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi 2019—2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan Turkmanistonning «Turkmanenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, 1 dekabrdan boshlab «respublikamiz elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayadi».

Eslatib o‘tamiz, sovuq kunlar kelishi bilan Toshkent shahrida va O‘zbekistonning qolgan hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuz bera boshlagan edi. Bosh vazir Abdulla Aripov 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 27 noyabrda kun davomida 110 kV kuchlanishli 144 ta elektr o‘tkazish liniyalarida 300 dan ortiq cheklovlar kiritilgani, bu cheklovlar 1,5 soatdan 5 soatgacha davom etganini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq salkam 31,5 mingta holat aniqlanib, yetkazilgan zarar miqdori 22 milliard so‘mga teng ekani ta’kidlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ertadan O‘zbekistonga «Turkmanenergo» elektr yetkazib beradi. Endi uzilishlar bo‘lmaydimi?