15:30 / 30.11.2019
2 779

MIB : Jizzaxda 3700 dan ziyod murojaatlar oʻz yechimini topdi

MIB : Jizzaxda 3700 dan ziyod murojaatlar oʻz yechimini topdi
2019 yil 29 noyabr kuni Jizzax shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi hamda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Majburiy ijro byurosi: huquqiy madaniyat, toʻlov intizomi yoʻlida” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda soha mutaxassislari, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Unda dastlab soʻz olganlar tomonidan Majburiy ijro byurosining faoliyati, maqsad va vazifalari, byuro tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga oid Farmon va Qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, shuningdek, mamlakatimizda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyati yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

- Matbuot anjumani tashkil etishdan koʻzlangan maqsad, birinchidan bugungi kunda sohada koʻplab yangiliklar boʻlmoqda va bu yangiliklarni aholiga yetkazishda OAVning oʻrni benihoya katta. Ikkinchidan baʼzida, undiruvchi va qarzdor yoki isteʼmolchilar oʻrtasida huquqiy madaniyatning yetishmasligi oqibatida tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bu kabi matbuot anjumanlari esa oʻylaymanki, Sizlarning amaliy yordamlaringiz, yaʼni maqola, tele va radiomahsulotlar, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar orqali har qanday tushunmovchiliklarga chek qoʻyadi, – deydi MIB Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi Surʼat Jabborov.

Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sud va boshqa organlar tomonidan taqdim etilgan

188 mingta 884 mlrd. soʻmlik ijro hujjatlarining amalda ijrosi taʼminlandi.

Jumladan, 2019-yil davomida viloyat miqyosida elektr energiyasi boʻyicha 286 mlrd. soʻm, tabiiy gaz boʻyicha 183,7 mlrd. soʻm, ichimlik suvi boʻyicha 18,6 mlrd. soʻm, maishiy chiqindi boʻyicha 5,9 mlrd. soʻm jami 494,2 mlrd. soʻm undirilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan jami 83,1 mlrd. soʻm koʻp qarzdorlik undirilishi taʼminlandi. Viloyat byuro organlari tomonidan energiya resurslari va suv taʼminotidan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq jami 1092 ta holat aniqlangan.

Tahlil etilayotgan davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarning 7843 ta murojaatlari hal etilgan boʻlib, shundan 3730 ta murojaatlar qanoatlantirilgan holda 2371 nafar fuqarolarning huquqlari tiklangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB : Jizzaxda 3700 dan ziyod murojaatlar oʻz yechimini topdi