22:39 / 02.12.2019
6 839

Yosh ona bolasini yoʻqotgandan soʻng oʻzi ham oʻlim bilan yuzlashdi

Yosh ona bolasini yoʻqotgandan soʻng oʻzi ham oʻlim bilan yuzlashdi
Ming afsuslar boʻlsinki, farzandini dunyoga keltirishga jazm qilib, oʻz saraton kasalligini davolash muddatini kechiktirgan yosh ona olamdan koʻz yumdi. 19 yoshli Brianna Rawling dekabr oyida leykemiya bilan uzoq muddatli kurashlardan soʻng vafot etdi.

Avstraliyaning Sidney shahrida tugʻilgan yosh qiz qon saratoniga chalinganligi bilan tashxis qoʻyilgan paytida, uning qornida 17 haftalik homilasi boʻlgan. Jasoratli Rawling mittigina oʻgʻlini dunyoga keltirishga ahd qiladi. Homiladorlik davrida koʻp qiyinchiliklarni, azob-uqubatlarni boshidan oʻtkazadi.

Eng achinarlisi shundaki, u qon infeksiyasini oʻz bolasiga yuqtirib qoʻyadi. Mittivoy Kayden tugʻilish muddatidan 3 oy oldin, onasi qattiq ogʻrib, isitmalab qolgan paytida tugʻiladi. Bu chaqaloq atigi 12 kun yashaydi. Rawling: ”Bu 12 kun hayotimdagi eng baxtli hamda quvonchli kunlar boʻldi”, - deb aytdi.

Farzandini yoʻqotgandan soʻng, kasalligiga jiddiy eʼtibor qaratdi. Unga sinovli muolaja qilishgandan keyin moʻjiza yuz bergandek, sogʻligi yaxshilanib borayotganga oʻxshardi. Uni kasalxonadan olib chiqishayotganda oʻzini yaxshi his qilayotgan edi. Ammo bir necha kundan soʻng, yana ahvoli yomonlashdi. Akasining suyak iligini koʻchirib oʻtkazish haqidagi taklifi shifokorlar tomonidan rad etildi. Shifokorlar 2100$ lik dorini taklif qilishadi. Oila aʼzolari bu dorini sotib olishga rozi boʻlishadi. Ammo 2 ta ukoldan soʻng Rawling kuchsizlanib qoladi va kurashishdan voz kechadi. 19 yoshni qarshi olgandan soʻng, bu olamdan koʻz yumadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh ona bolasini yoʻqotgandan soʻng oʻzi ham oʻlim bilan yuzlashdi